13-yanvar, 2026
Enlawyer kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashi rahbari bilan uchrashuv utkazdi

Yangi yil — yangi rejalar va yangi professional aloqalar!
2026 yil 13 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining yangi va chiroyli ofisida ushbu kengashning rahbari Aziz G‘ofurov hamda Enlawyer kompaniyasining boshqaruvchi sherigi Damir Amanbaev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Biz Kengash rahbariyati va jamoasiga ochiq va konstruktiv muloqot, yuqori professional yondashuv hamda O‘zbekistonda investitsiya va biznes muhitini rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
Fikr almashish va hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyatini yuqori baholaymiz hamda O‘zbekistondagi xorijiy investorlar va xalqaro biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida uzoq muddatli va samarali hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz.
Hurmat bilan,
Enlawyer jamoasi