Loyihalar
Muhim bitimlar
Bizning firmamiz O'zbekistondagi eng muhim yuridik bitimlarning old qatorida bo'lib, mamlakatning iqtisodiy landshaftini shakllantirgan loyihalar bo'yicha maslahat berdi.
$1mlrd+
bitimlar summasi
20+
yillik tajriba
8+
sohalar
50+
yirik loyihalar
Tanlangan bitimlar
15 млн.долларов США
Bitim summasi
Xorijiy investitsiya tashkilotiga huquqiy maslahatlar ko‘rsatish
O‘zbekistonda mehmonxona biznesiga egalik qiluvchi kompaniyada 15 million AQSh dollari qiymatidagi nazorat paketini sotib olish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
12 million AQSh dollari
Bitim summasi
Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi yirik Rossiya kompaniyasiga maslahatlar berish
O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasida tashkil etilayotgan qo‘shma korxona bo‘yicha qo‘shma korxonani ishlab chiqish va tashkil etish masalalari, shu jumladan qo‘shma korxonaning ta’sis hujjatlarini tayyorlash, korporativ shartnomalarni tahlil qilish hamda Rossiya Federatsiyasi huquqi asosida tuzilgan barcha shartnomalar yuzasidan huquqiy xulosalar tayyorlash masalalari bo‘yicha
500 million dollar
Bitim summasi
Yirik kompaniyaga maslahatlar berish
muqobil (qayta tiklanuvchi) energetika sohasida, “Samarqand va Jizzax viloyatlarida quvvati 250 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish liniyalarini qurish” loyihasi doirasida
350 million yevro
Bitim summasi
Yirik uzbek korxonasi
yirik Fransiya bankidan moliyalashtirishni jalb qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan
16 million AQSh dollari
Bitim summasi
Yirik Xitoy investori uchun huquqiy maslahatlar ko‘rsatish
xorijiy investorlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirish tartibi va huquqiy tartibga solish masalalari, shuningdek O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarida ishtirok etish tartibi bo‘yicha
500 ming AQSh dollari
Bitim summasi
Yirik Rossiya kompaniyasiga maslahatlar berish
Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi qarorini tan olish va ijro etish, yirik o‘zbek kompaniyasidan qarzni undirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan
690 ming AQSh dollaridan ortiq
Bitim summasi
Yirik o‘zbek lizing kompaniyasiga maslahatlar berish
O‘zbekiston Respublikasi hududiga qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan yetkazib berish shartnomasi doirasida yuzaga kelgan debitorlik qarzdorligini nizolash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha
Yirik Germaniya kompaniyasiga huquqiy maslahatlar ko‘rsatish
investitsiya shartnomalarini tuzish va ularning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida ijro etilishi (ijro etiluvchanligi) masalalari yuzasidan
20 million AQSh dollari
Bitim summasi
Yirik Yevropa xususiy investitsiya kompaniyasiga maslahatlar berish
yirik o‘zbek lizing kompaniyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish, investitsiya portfellarini diversifikatsiya qilish hamda O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq talab huquqlarini o‘tkazish (cessiya) tartibini tartibga solish masalalari bo‘yicha
Tanlangan mijozlar
Firma mijozlari kompaniya va jismoniy shaxslar, shu jumladan mahalliy va tashqi bozor ishtirokchilaridir
Bitiminizni muhokama qilishga tayyormisiz?
Bizning tajribali jamoamiz eng murakkab masalalaringiz bilan yordam berishga tayyor.
Bog'lanish