Barcha yangiliklar

    23-noyabr, 2026

    Enlawyer Yuridik firmasi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi

    2026-yil 20-noyabr kuni Enlawyer Yuridik firmasi vakillari Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida bo‘lib o‘tgan “Yuridik xizmat ko‘rsatuvchi kadrlar malakasini uzluksiz oshirish: xalqaro tajriba va milliy yondashuvlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.

    Konferensiya yuridik xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, sohadagi zamonaviy tendensiyalarni muhokama qilish hamda xalqaro tajribani milliy amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga qaratildi.

    Tadbir davomida yuridik xizmatlar faoliyatini takomillashtirish, huquqiy xizmatlar sifatini oshirish va yuridik kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta'minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

    Enlawyer uchun mazkur konferensiyada ishtirok etish yuridik hamjamiyat bilan professional aloqalarni mustahkamlash, sohadagi dolzarb masalalar bo‘yicha tajriba almashish hamda milliy va xalqaro huquqiy amaliyot rivojini kuzatib borish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

    Enlawyer yuridik firmasi professional hamkorlikni rivojlantirish va yuridik xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarda faol ishtirok etishni davom ettiradi.