Bosh sahifaga

    26-avgust, 2026

    Enlawyer yuridik firmasi “Silk Road Finance & Technology Forum”da ishtirok etdi

    Enlawyer yuridik firmasi “Silk Road Finance & Technology Forum”da ishtirok etdi

    Enlawyer yuridik firmasi Toshkentda boʻlib o‘tayotgan va davlat organlari, moliya institutlari, texnologik kompaniyalar, investorlar, startaplar hamda xalqaro tashkilotlar vakillarini birlashtirgan xalqaro “Silk Road Finance & Technology Forum”da ishtirok etdi.


    Forum Markaziy Osiyoda moliyaviy texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun asosiy maydonlardan biriga aylandi. Ishtirokchilar diqqat markazida FinTech ekotizimini rivojlantirish, raqamli moliyaviy xizmatlar, transchegaraviy toʻlovlar, sunʼiy intellekt, raqamli aktivlar, islom moliyasi va investitsiyalarni jalb qilish masalalari turibdi.


    Enlawyer yuridik firmasi uchun “Silk Road Finance & Technology Forum”da ishtirok etish moliyaviy va texnologik bozorlarning dolzarb tendensiyalari bilan tanishish, biznes va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun kasbiy aloqalarni kengaytirish imkoniyati bo‘ldi.


    Enlawyer investitsion, texnologik va transchegaraviy loyihalarni yuridik qo‘llab-quvvatlash sohasidagi o‘rnini mustahkamlab, muhim xalqaro va ishbilarmonlik tadbirlarida faol ishtirok etishda davom etmoqda.

    Enlawyer yuridik firmasi “Silk Road Finance & Technology Forum”da ishtirok etdi