Bosh sahifaga

    19-iyun, 2026

    Enlawyer Yuridik firmasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etdi

    Enlawyer Yuridik firmasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etdi

    Enlawyer yuridik firmasi jamoasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida (TIIF) faol ishtirok etdi. Mazkur forum Markaziy Osiyodagi eng yirik tadbirlardan biri boʻlib, unda davlat organlari, xalqaro moliya institutlari, investorlar va dunyoning yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etadilar.

    Forumdagi ishtirok mavjud hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, yangi ishbilarmonlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim imkoniyat boʻldi.

    Forum davomida Enlawyer yuridik firmasi vakillari xorijiy investorlar, xalqaro kompaniyalar rahbarlari, diplomatik vakolatxonalar va yuridik hamjamiyat vakillari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdilar.

    Oʻzbekiston bozoriga kirish va uzoq muddatli investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarishdan manfaatdor boʻlgan Koreya Respublikasi, Xitoy, Yevropa davlatlari va Yaqin Sharq kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    TIIFda ishtirok etish Enlawyer yuridik firmaning xalqaro biznes uchun ishonchli huquqiy hamkor boʻlib qolish, Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida xorijiy investorlarga kompleks yuridik xizmat koʻrsatish borasidagi intilishini tasdiqlaydi.

    Forum tashkilotchilariga tadbirning yuqori saviyada oʻtkazilgani uchun, shuningdek, uchrashish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega boʻlgan barcha hamkorlarimizga minnatdorlik bildiramiz. Oʻrnatilgan ishbilarmonlik aloqalari yangi muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirish va Oʻzbekiston investitsiya muhitini yanada mustahkamlash uchun asos boʻlishiga ishonchimiz komil.