15-oktabr, 2025
Fortis Legal Enlawyer brendi ostida qayta brending qilindi va hamkorlar tarkibini kengaytirdi

Fortis Legal yuridik firmasi qayta brending o‘tkazib, faoliyatini Enlawyer brendi ostida davom ettirishini e’lon qiladi. Ushbu o‘zgarish firma rivojlanishining yangi bosqichi hamda uzoq muddatli strategik o‘sish modelining muhim bosqichini anglatadi.
Qayta brending firma transformatsiyasini — murakkab korporativ va investitsion bitimlar, transchegaraviy loyihalar hamda xususiy kapital bilan bog‘liq loyihalarni O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bo‘ylab qo‘llab-quvvatlovchi yangi avlod yuridik platformasiga aylanishini aks ettiradi.
Rebrending jarayoni doirasida Enlawyer hamkorlar tarkibi kengaytirilganini ham e’lon qiladi. Jamoaga yirik loyihalar, yuqori qiymatli bitimlar va xalqaro kompaniyalar, moliyaviy institutlar hamda investorlar uchun strategik maslahat berish bo‘yicha katta tajribaga ega yangi hamkorlar qo‘shildi.
Hamkorlik tarkibining kengayishi Enlawyer’ning korporativ strukturalash, M&A, investitsion platformalar, banking & finance, muqobil investitsiya fondlari hamda xususiy kapitalni yuridik qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlaridagi salohiyatini yanada kuchaytiradi.
Mazkur transformatsiya Enlawyer’ning xalqaro standartlarga mos yuridik yechimlarni taqdim etish, chuqur mahalliy ekspertiza va amaliy biznes yondashuvini uyg‘unlashtirishga bo‘lgan sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Enlawyer investorlar, asoschilar va institutsional mijozlar uchun mintaqada kengaytiriladigan, barqaror va global raqobatbardosh biznes tuzilmalarini yaratishda ishonchli strategik maslahatchi sifatida o‘z pozitsiyasini mustahkamlashda davom etadi.
Nima uchun Enlawyer?
Biz Enlawyer’ni chuqur falsafa asosida yaratdik — Efficient Negotiator + Lawyer (samarali muzokarachi + yurist), yuridik ekspertiza va strategik muzokaralarni birlashtirib, amaliy biznes natijalariga erishish uchun.