25-noyabr, 2025
Hamkorlik illuziyasiz: barqaror biznes uchun huquqiy poydevor
Hamkorlik illuziyasiz: barqaror biznes uchun huquqiy poydevor
“Hamkorlikdagi biznesni dushmanlardek boshlash, ammo do‘stlardek yuritish kerak.”
Aynan shu tamoyil “Hamkorlik shartnomasi yoki o‘zbekona biznes” mavzusidagi biznes-nonushta tadbirining boshlanishiga asos bo‘ldi.
2025-yil 25-noyabr kuni, O‘zbekistonning buxgalteriya va soliq masalalari bo‘yicha yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — Alliance Business Consult (300 dan ortiq mahalliy va xalqaro mijozlar) taklifiga binoan, Enlawyer yuridik firmasining boshqaruvchi hamkori Damir Amanbayev mamlakatimizdagi yirik biznes egalari oldida spiker sifatida chiqish qildi.
Chiqish davomida ko‘tarilgan asosiy masalalar
Tadbir doirasida quyidagi savollarga batafsil to‘xtalib o‘tildi:
hamkorlik asosida biznes boshlashda qaysi hujjatlarni imzolash zarur;
qaysi shartlarni oldindan kelishib olish muhim;
Ustav va Korporativ shartnomada nimalar albatta aks etishi kerak;
hamkorlar o‘rtasida ko‘pincha nizolarga olib keladigan xatarlar;
vijdonsiz harakatlardan huquqiy himoyalanish va ishonchni saqlab qolish yo‘llari;
hamkorlikda ish olib borishda “o‘yin qoidalarini” boshidan qanday belgilash kerakligi.
Amaliy tajriba va xalqaro standartlar
Shuningdek, Enlawyer tomonidan qo‘shma biznesni to‘g‘ri strukturalashda qo‘llaniladigan amaliy кейslar va xalqaro standartlar taqdim etildi.
Minnatdorchilik va kelgusi hamkorlik
Taklif va ishonch uchun Alliance Business Consult jamoasiga minnatdorchilik bildiramiz.
Bizning qat’iy ishonchimizcha, hamkorlikdagi biznesda huquqiy madaniyatni oshirish — O‘zbekistonda barqaror biznes rivojining muhim kalitidir.
Enlawyer tadbirkorlik hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlash, tajriba ulashish va yangi loyihalar hamda biznes uchrashuvlarida ishtirok etishga tayyor.