Bosh sahifaga
    INVESTITSIYALAR VA XALQARO LOYIHALAR

    INVESTITSIYALAR VA XALQARO LOYIHALAR

    Investitsiyalar va xalqaro loyihalar: O‘zbekistonda investitsiya bitimlarini tuzishdan tortib DXSH va loyihaviy moliyalashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarda xorijiy investorlarga to‘liq yordam berish.

    Xalqaro investitsiya standartlarini chuqur bilishi hamda O‘zbekiston bozorining o‘ziga xos jihatlarini puxta tushunishi tufayli Enlawyer amaliyoti xorijiy investorlar va kompaniyalarga investitsiya loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida kompleks huquqiy hamrohlikni taklif etadi.

    Jamoamiz yirik transmilliy korporatsiyalar va xususiy investorlar bilan ishlash tajribasini, mahalliy tartibga solish tizimini chuqur bilishni hamda investitsiya bitimlarini tuzilmaviy shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zida mujassam etadi. Biz kapital xavfsizligini ta’minlash, tartibga solish bilan bog‘liq xatarlarni minimallashtirish va O‘zbekiston investitsiya bozorining murakkab, ko‘p bosqichli muhitida samarali harakat qilish yo‘llarini aniq tushunamiz.

    Enlawyer mutaxassislari davlat korxonalari va xalqaro korporatsiyalar uchun bir qator samarali yechimlarni ishlab chiqqan bo‘lib, bu ularga mahalliy va xalqaro banklardan loyihaviy moliyalashtirishni jalb etish, investitsiya bitimlarini to‘g‘ri tuzilmaviy shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga muvofiq yirik sanoat loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berdi.

    Enlawyer xorijiy investitsiyalar bo‘yicha quyidagi masalalar yuzasidan to‘liq doirada huquqiy maslahatlar beradi, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda:

    • To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, xorijiy kompaniyalar va xususiy investorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
    • Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalari va infratuzilma tashabbuslari
    • Xalqaro shartnomalar, arbitraj bandlari