IT & FINTEX
Enlawyer amaliyoti O‘zbekistonda IT-kompaniyalar va fintek loyihalarini investitsiyalarni jalb etishdan tortib biznesni kengaytirish (masshtablash)gacha bo‘lgan barcha bosqichlarda kompleks huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.
Enlawyer mutaxassislari yetakchi IT-kompaniyalar uchun bitimlarni tuzilmaviy shakllantirib, litsenziya shartnomalari, ommaviy ofertalar hamda intellektual mulkni himoya qilishga doir korporativ hujjatlarni ishlab chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiqlikni (komplaens) ta’minlash maqsadida o‘zaro bog‘liq shaxslar tuzilmasini qayta tashkil etish (restrukturizatsiya) bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Jamoamiz xalqaro IT-kompaniyalar (jumladan, DYNINNO TAS INTERNATIONAL) uchun ichki siyosat va tartib-taomillarni ishlab chiqib, IT PARK’da ro‘yxatdan o‘tkazish, xorijiy ishchi kuchini jalb etish uchun ruxsatnomalar olish, maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvlar (NDA) hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlashni ta’minladi.
Enlawyer IT va fintek sohasidagi masalalarning to‘liq doirasi bo‘yicha maslahat beradi, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda:
- Fintek loyihalari, onlayn-banking va to‘lov platformalarini, BNPL-xizmatlar, elektron pullar va raqamli hamyonlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
- Foydalanuvchi shartnomalari, ommaviy ofertalar va foydalanuvchi siyosatlarini ishlab chiqish
- Dasturiy ta’minotni legallashtirish va huquqiy himoya qilish, GDPR talablari, shaxsiy ma’lumotlar, kiberxavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash
- Raqamli moliya sohasida komplaens va regulyatorlar bilan munosabatlarni yuritish