Bosh sahifaga
    KO‘CHMAS MULK, QURILISH VA INFRASTRUKTURA

    KO‘CHMAS MULK, QURILISH VA INFRASTRUKTURA

    Infratuzilma loyihalari: FIDIC shartnomalari, ko‘chmas mulk masalalari va O‘zbekistondagi xorijiy pudratchilar uchun litsenziyalar.

    Enlawyer amaliyoti ko‘chmas mulk va infrastruktura loyihalari bilan bog‘liq barcha turdagi bitimlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, mahalliy bozor bilimlarini transchegaraviy operatsiyalar tajribasi bilan uyg‘unlashtiradi.

    Enlawyer mutaxassislari yirik Xitoy, Turkiya va Qozog‘iston investorlari bilan yer uchastkalari va noturar joy mulkini sotib olish bo‘yicha bitimlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan, yetakchi pudratchilar uchun EPC-kontraktlar FIDIC standartlariga muvofiq ishlab chiqilishini ta’minlagan.

    Jamoamiz shamol elektr stansiyalari uchun (sanoat xavfsizligi, atrof-muhitga ta’sirni baholash — OVOС) litsenziyalarni oldi va mehmonxona komplekslari qurilishi hamda rivojlantirish investitsiya shartnomalarini huquqiy qo‘llab-quvvatladi.

    Enlawyer quyidagi masalalar bo‘yicha to‘liq huquqiy maslahat beradi, jumladan, ammo ular bilan cheklanmagan holda:

    • Ko‘chmas mulk bitimlari, ijara, rivojlantirish (development)
    • Qurilish kontraktlari (FIDIC, EPC, DBFO)
    • Yer munosabatlari va shaharsozlik huquqi
    • Energetika, transport va sanoat loyihalari