
David Muxamedov
Yurist
Professional profil
David Muxamedov — Enlawyer kompaniyasining yuristi.
U korporativ, tijorat va investitsiya huquqi sohasiga ixtisoslashgan bo‘lib, yuridik shaxslarni tashkil etish va ularning faoliyatini yuritish, xorijiy element ishtirokidagi bitimlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash hamda xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasi bozoriga kirib kelishi bilan bog‘liq loyihalarga huquqiy hamrohlik qiladi.
David mijozlarga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, filial va vakolatxonalarni tashkil etish, korporativ boshqaruv, shartnoma huquqi, mehnat qonunchiligi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ruxsatnomalar, litsenziyalar va boshqa tartibga soluvchi hujjatlarni olish masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlar beradi.
Shuningdek, u huquqiy xulosalarni tayyorlash, huquqiy audit (legal due diligence) o‘tkazish, korporativ hujjatlarni ishlab chiqish, bitimlarni huquqiy jihatdan tuzish va strukturalashtirish hamda xalqaro tijorat loyihalariga huquqiy hamrohlik qilishda ishtirok etib, mijozlarga samarali huquqiy himoya va yuridik xavflarni minimallashtirishni ta’minlaydi.
Ta'lim
- Bakalavr, Vestminster universiteti, 2021
Asosiy tajriba
- Xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasida biznesni tashkil etish va yuritish masalalari bo‘yicha, jumladan kompaniyalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, korporativ strukturalashtirish hamda investitsiya loyihalarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan maslahatlar berish.
- IT Park Uzbekistan rezidenti sifatida kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish loyihalariga huquqiy hamrohlik qilish, shu jumladan talablar va imtiyozlar bo‘yicha maslahat berish, korporativ hujjatlarni tayyorlash hamda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta'minlash.
- Xalqaro muzokaralar va transchegaraviy loyihalarda yuridik maslahatchi hamda tarjimon sifatida ishtirok etish, xorijiy investorlar, davlat organlari va tijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikda huquqiy va lingvistik ko‘mak ko‘rsatish.
- Xorijiy mijozlarga O‘zbekiston Respublikasining korporativ, shartnoma, mehnat va migratsiya qonunchiligi masalalari bo‘yicha huquqiy maslahatlar berish.
- Xorijiy kompaniyalarning O‘zbekiston Respublikasi bozoriga kirishi hamda ularning keyingi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq investitsiya loyihalarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etish.