
Erkin Abdurizaev
Neft-gaz va tog‘-kon sanoati amaliyoti
Professional profil
Erkin Abdurizaev – Neft-gaz va tog‘-kon sanoati amaliyoti bo‘yicha sherik (Partner) hisoblanadi.
Erkin neft-gaz va tog‘-kon sanoati, shuningdek, mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokidagi yirik infratuzilma loyihalarini loyihaviy moliyalashtirish sohasida katta amaliy tajribaga ega. Erkin Abdurizaev iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik loyihalarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng tajribaga ega, shu jumladan: • “Uzbekneftegaz” AJning investitsiya bo‘linmasida faoliyat yuritgan; • Korean National Oil Corporation (KNOC) faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; • "Olmaliq KMK" AJ tomonidan amalga oshirilgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida project office yuridik bo‘limiga rahbarlik qilgan. Ushbu loyiha Olmaliq shahrida dunyodagi eng yirik Copper Processing Plantlardan birini qurishni nazarda tutgan; • UNDP “Rule of Law” loyihalari bo‘yicha project management; • Asian Development Bank, United Nations International Fund for Agricultural Development (IFAD) faoliyatini huquqiy jihatdan konsultatsiya qilish; • Geologiya-qidiruv ishlari (GEO) sohasida investorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash (SPV – KNOC Fergana Operating Company).
Ta'lim
- Bakalavr: University of World Economy and Diplomacy (2003)
- Magistratura: Yokohama National University, Japan (2006)
- Doktorantura: Yokohama National University, Japan (2010)
Asosiy tajriba
- AO “Uzbekneftegaz”ni GTL Uzbekistan zavodining 3 ta qurilmasini Air Products foydasiga 1 mlrd AQSh dollari qiymatida realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalada konsultatsiya qilish — bitim arxitekturasini ishlab chiqishdan boshlab, tuzilgan shartnoma bo‘yicha to‘lovlarning kelib tushishigacha bo‘lgan barcha bosqichlarda to‘liq huquqiy yordam ko‘rsatish.
- Korean National Oil Corporation (KNOC)ni Dehqonobod va Toshqurg‘on investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish jarayonida barcha bosqichlarda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, jumladan: Prezident qarori loyihasini ishlab chiqish, GEO (geological exploration works) bo‘yicha bitimlar, pudratchilar bilan shartnomalar, ekologik ekspertiza jarayonlari, seysmik ma’lumotlarni talqin qilish qilish bo‘yicha shartnoma va SPV tugatilishi.
- UNDP tomonidan amalga oshirilgan “Rule of Law” loyihasini boshqarish, u quyidagi 3 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga olgan:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik sudlarida elektron sud tizimi ishlab chiqish va joriy etish
- Sud ishlarini yuritish sifatini oshirish maqsadida sudyalar va advokatlar uchun treninglar o‘tkazish, o‘quv materiallarini nashr etish
- Qonunchilikni tahlil qilish, kolliziyalarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.