
Sherik
Ikrom Saipov
Sherik, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va davlat organlari bilan hamkorlik amaliyoti
Professional profil
Ikrom Saipov — normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish amaliyoti sheriki.
U qonun hujjatlarini ishlab chiqish, normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalariga ixtisoslashgan.
2018–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro huquqiy hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Ushbu lavozimda xalqaro hamkorlik, investitsiya loyihalari va xalqaro bitimlarni huquqiy jihatdan ta’minlash bilan shug‘ullangan.
Ta'lim
- Bakalavr darajasi: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2004-yil.
- Magistr darajasi: Davlat boshqaruvi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, 2018-yil.
Sertifikatlar
- Sertifikatlar: Raul Vallenberg nomidagi Inson huquqlari va gumanitar huquq instituti, Shvetsiya, 2008-yil., Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Koreya Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiyasi — inson huquqlari siyosatini ishlab chiqish bo‘yicha kurs, Koreya Respublikasi, 2011-yil.
Asosiy tajriba
- Xalqaro huquq, investitsiya loyihalari, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahat berish
- Toshkent xalqaro moliya markazi (TIFC) va Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish uchun normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish
- Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, YTTB, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) va IDLO ishtirokidagi loyihalarni muvofiqlashtirish
- Investitsiya shartnomalari va davlat-xususiy sheriklik loyihalarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
- Bepul yuridik yordam tizimini rivojlantirish, tijorat mediatsiyasini joriy etish va davlat xizmatlari tizimini takomillashtirishga qaratilgan loyihalarda ishtirok etish
- Tijorat tashkilotlariga korporativ, shartnoma, mehnat, soliq va fuqarolik huquqi masalalari bo‘yicha maslahat berish, shuningdek, tijorat bitimlari va davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
- “Tashkent Law Spring” xalqaro huquqiy forumini tashkil etishda, shuningdek, xalqaro savdo va investitsiyaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha ishchi guruhlarda ishtirok etish
Tillar
OʻzbekRusIngliz