Bizning jamoa
    Salamatdin Kabulov
    Katta Yurist

    Salamatdin Kabulov

    Tijorat va korporativ amaliyoti

    Professional profil

    Salamatdin Kabulov Tijorat va korporativ amaliyot bo‘yicha maslahatchi hisoblanadi. 

    Salamatdin O‘zbekistonda xorijiy investorlarni huquqiy jihatdan konsultatsiya qilish sohasida ixtisoslashgan bo‘lib, xususan turizm, qurilish va ko'chmas mulk sohalarida faoliyat yuritadi. Uning mutaxassisligi tijorat, korporativ, mehnat, yer huquqi, antimonopolia masalalari, shuningdek nizolarni hal qilish bo‘yicha keng doiradagi huquqiy masalalarni qamrab oladi. 

    Salamatdin “Enlawyer”ga ishga kirishgunga qadar “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik loyihasida bosh yuridik maslahatchi, “Yoon & Yang” MChJ xalqaro yuridik firmasining Toshkentdagi vakolatxonasida hududiy yuridik maslahatchi, “Ernst & Young” xalqaro konsalting firmasida stajyor sifatida ishlagan.

    Ta'lim

    • Bakalavr: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Xalqaro huquq, 2018 y.

    Asosiy tajriba

    • SAMSUNG ENGINEERING kompaniyasini O‘zbekiston va Qozog‘istonda EPC projectsni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarda huquqiy konsultatsiya qilish.
    • IT company investitsiyani jalb etish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabati bilan due diligence jarayonda yuridik yordam ko‘rsatish hamda qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan:
    • litsenziya shartnomalari, ommaviy oferta va intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha yuridik hujjatlarni ishlab chiqarish chiqish
    • taʼsischilar manfaatlarini himoya qilish va tegishli yuridik shaxslarni korporativ huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va qayta tashkil etish orqali Oʻzbekiston qonunchiligiga rioya etilishini taʼminlash
    • xodimlar va asosiy xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish
    • xodimlar va pudratchilar bilan oshkor etmaslik va raqobatlashmaslik to'g'risidagi shartnomalarni tayyorlash
    • kompaniyaning ichki siyosatini ishlab chiqish (maxfiylik, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish, kompensatsiya siyosati va boshqalar).
    • Qo‘shma o‘zbek-koreys qurilish korxonasi “JISONG KOREA INDUSTRIAL” manfaatlarini Toshkent shahar Hokimiyati bilan bog‘liq investitsion nizo doirasida huquqiy jihatdan konsultatsiya qilish va vakillik qilish. Mazkur nizo Hokimiyat tomonidan Koreya kompaniyasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi qarorning noqonuniy bekor qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
    • Daebo Engineering & Construction Co., Ltd. xalqaro qurilish korporatsiyasiga Toshkent shahrida EAST TELECOM uchun maʼlumotlar markazini qurish boʻyicha shartnoma tuzish va bajarish jarayonida konsalting va huquqiy yordam koʻrsatish.

    Tillar

    InglizRusO‘zbek

    Kontakt ma'lumotlari