Bizning jamoa
    Timur Sadinov
    Katta maslahatchi

    Timur Sadinov

    Katta maslahatchi

    Professional profil

    Sadinov Timur — Enlawyer yuridik firmasining katta maslahatchisi.

    U fuqarolik va jinoyat huquqi sohasida ixtisoslashgan bo‘lib, mijozlarga fuqarolik-huquqiy munosabatlar bo‘yicha maslahatlar beradi hamda jinoyat ishlari doirasida ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

    Timur Mahmudovich oila huquqi, jumladan, farzandlikka olish va bolalarni oilaga tarbiyaga joylashtirish masalalari, shuningdek, meros ishlari bo‘yicha huquqiy hamrohlik qilish borasida katta tajribaga ega. U O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi sohasida e’tirof etilgan mutaxassis hisoblanadi.

    Shuningdek, Timur tijorat va korporativ huquq sohasida ixtisoslashgan bo‘lib, investitsiya loyihalari, bank va moliya operatsiyalari, eksport-import operatsiyalari hamda kredit shartnomalari bo‘yicha huquqiy maslahat va hamrohlik xizmatlarini ko‘rsatadi.

    Enlawyer kompaniyasiga qo‘shilishidan avval Timur O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudida faoliyat yuritgan. Mazkur sud hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimining tarkibiga kiradi. Shuningdek, u «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankida Yuridik departament boshlig‘i lavozimida ishlab, katta professional tajribaga ega bo‘lgan.

    Ta'lim

    • Bakalavr: Toshkent Davlat Yuridik Instituti, 1999
    • Huquq fanlari magistri, Toshkent Davlat Yuridik Instituti (TDYI), 2001

    Asosiy tajriba

    • O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudida faoliyat yuritgan.
    • «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankida Yuridik departament boshlig‘i lavozimida ishlagan.
    • Tijorat va korporativ masalalar, investitsiya loyihalari hamda bank-moliya operatsiyalarini huquqiy jihatdan kuzatib borgan.
    • Xalqaro moliyalashtirish loyihalari, sindikatlashgan kreditlash va transchegaraviy investitsiya loyihalari bo‘yicha huquqiy maslahat bergan.
    • O‘zbekiston va BAAda qiymati 2,2 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan aktivlarni bo‘lish bo‘yicha transchegaraviy nizoda mijoz manfaatlarini himoya qilgan.
    • Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va bank faoliyati sohasidagi qonunchilikni ishlab chiqishda ishtirok etgan.
    • American Councils for International Education tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini huquqiy jihatdan kuzatib borgan.

    Tillar

    OʻzbekRusIngliz